Telegram-bot Virtual qabulxona

03.05.2023

243 million so'mlik "Tracker" o'z egasiga yetkazildi

Samarqand shahrida yashovchi fuqaro Sh.A. shu yilning 12-aprel kuni federatsiyaning ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro 243 000 000 soʻmlik "TRACKER-2" rusumli avtomobil sotib olish uchun Samarqand shahar Spitamenshoh ko'chasida joylashgan "UzAvto Sanoat" MCHJ ga belgilangan miqdorda to’lovni amalga oshirib, shartnomada kelishilgan muddatda avtomashinani ololmayotganidan shikoyat qilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxasislari tomonidan o'rganish ishlari olib borildi. MCHJ rahbari va xodimlariga "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidaʼʼgi qonunning tegishli moddalari xususida tushuntirishlar berildi. Natijada, murojaatchiga "TRACKER-2" rusumli avtomashina olib berilib, fuqaro foydasiga har bir kechiktirilgan kun uchun 793 841 soʻm miqdorida penya undirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00