
14.02.2024
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federetsiyasining ishonch telefoni orqali Marhamat tumani "Ilich" MFYda yashovchi fuqaro M.A. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Iste'molchi yashash xonadoniga "aqlli" gaz hisoblagich o'rnatish maqsadida Vodiy gaz ta'minoti Marhamat tumani filialiga bir necha bor murojaat qiladi. Hech qanday natija bo'lmagach, federatsiyadan amaliy yordam so'rashga majbur bo‘ladi.
Ushbu murojaatni Marhamat tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari qonun doirasida o‘rganib, fuqaro xonadoniga qiymati 1 710 450 so‘mlik "aqlli" gaz hisoblagich bepul o‘rnatib berildi.