Telegram-bot Virtual qabulxona

10.10.2023

Iste'molchining qarzdorligi 32 million emas, 438 ming so'm ekani aniqlandi

Kasbi tumani "Mugʼlon" mahallasida yashovchi Gʼ.K. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko'ra, elektr taʼminoti korxonasi tomonidan fuqaro xonodoniga 32 million soʼm asossiz qarzdorlik hisoblangan. Iste'molchi qarzdorlikka oydinlik kiritish maqsadida tuman elektr taʼminoti idorasiga murojaat qilgan, biroq idora mutasaddilaridan tayinli javob bo'lmagan.

Ushbu masala tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda oʼrganilganda, elektr taʼminoti korxonasi xodimi murojaatchi xonadonidagi hisoblagich koʼrsatkichlarini noto'g'ri yozgani oqibatida, 31 million 634 ming soʼm asossiz qarzdorlik yuzaga kelgani, isteʼmolchining elektr energiyasi toʼlovlaridan qarzi esa 438 ming soʼm ekani maʼlum boʼldi. Natijada, tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼullari tomonidan isteʼmolchiga hisoblangan noqonuniy qarzdorlik tegishli tartibda uning hisobidan chiqarilishi taʼminlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00