Telegram-bot Virtual qabulxona

18.03.2024

105 million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Xiva tuman "Gulshan" mahallasida yashovchi fuqaro M.H. tomonidan 2024-yil 12-mart kuni tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro 2024-yilning 6-mart kuni Xiva shahrida yashovchi O'rinboev Rasulbekdan "Gentra" avtomashinasini 105 000 000 so'mga sotib olgan, ammo oradan 2 kun o'tib, mashina matori ishdan chiqqanligi, sotuvchi soz holatda, deb aldab sotganligidan noroziligini bildirgan.

Murojaat jamiyat xodimlari tamonidan o'rganib chiqildi va sotuvchiga O'zbekiston Respublikasi "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'grisida"gi qonunining tegishli moddalari tusuntirib o'tildi. Shundan so'ng, iste'molchiga 105 000 000 so'm mablag'i to'liq shaklda qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00