
19.10.2023
Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro I.X. tomonidan ariza kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Zarafshon shahridagi 7-kichik tumanda joylashgan “PFK Stroitel Zarafshon” qurilish firmasidan yangi uy sotib olgan, ammo ushbu firma tomonidan 1 kub suv uchun 35 ming so‘m, 1 kilovatt elektr energiyasi uchun esa 500 so‘mdan to‘lovni amalga oshirish talab qilingan.
Murojaat yuzasidan jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi va qurilish firmasi rahbaryatiga hamda xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qununining tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng, jamiyat aralashuvi bilan ushbu summalar normativ hisobda ya’ni 1 kub suv uchun 2 750 so‘m va 1 kilovatt elekrt energiyasi uchun esa 295 so‘m to‘lanishi joriy etildi.