04.04.2023
Davlatobod tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shu tumanda yashovchi fuqaro T.I.dan murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, Davlatobod tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan qurilishi bitmagan uy-joy uchun 3 million soʻm noreal qarzdorlik hisoblangan va isteʼmolchining qarzi boʻlmasa-da, undan 1 million soʻm undirilgan. Qarzdorlik qaytadan tekshirilganda, 175 ming soʻm haqdorlik aniqlangan. Biroq elektr tarmoqlari korxonasi fuqaro toʻlagan 1 million soʻmni qarz va penya uchun ushlab qolingan, deya qaytarib bermagan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan elektr taʼminoti korxonasi xodimlariga tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay, muammo ijobiy hal etilmadi. Shundan soʻng, fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi. Ushbu daʼvo arizasi sud tomonidan atroflicha oʻrganilib, murojaatchi foydasiga 1 million 842 ming soʻm moddiy zarar va 2 million soʻm maʼnaviy zarar undirib berildi.