Telegram-bot Virtual qabulxona

26.04.2023

2 million 600 ming so'm iste'molchiga qaytarildi

Andijon viloyati istemolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga fuqaro O’.N. tomonidan ariza kelib tushgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro “Ishonch” kredit savdo do’konidan 2 600 000 so’mlik mebel sotib olgan. Ammo xarid qilingan tovar sifatsiz va yaroqsiz chiqqan.

Murojaat birlashma xodimlari tomonidan o'rganilib, do'kon rahbariyatiga amaldagi qonun hujjatlari talablari tushuntirildi. Natijada, mebel uchun to'langan jami  2 600 000 so’m pul mablag’i iste'molchiga qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00