
06.02.2025
Eng qadimgi davrlardan rivojlangan asrga qadar har bir uy, bino-inshootning deraza qismini romlarsiz tasavvur etish qiyin. Zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan romlar nafaqat issiqlik va tovush izolatsiyasini, balki uyning ko‘rkini ham ta’minlaydi.
Turli ishlab chiqarish korxonalari tomonidan taklif etilayotgan romlarning barchasini ham yuqori sifatga ega deb bo‘lmaydi. Jumladan, Jondor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F.H. tumandagi eshik-rom ishlab chiqarish sexiga 4 000 000 so‘m to‘lovni amalga oshirib, romlar buyurtma qilgan. Ammo romlar iste'molchi xonadoniga o‘rnatilgach, turli nuqsonlar aniqlangan. Ta’minotchi bilan murosaga kela olmagan fuqaro amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat hududiy birlashmasiga murojaat qilgan.
Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilishi natijasida, tadbirkorga qonuniy tushuntirishlar berilgach, sifatsiz romlar ishlab chiqaruvchiga, to‘lov iste’molchiga qaytarib berildi.