Telegram-bot Virtual qabulxona

29.02.2024

10 yarim million so'm noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Navoiy shahrida yashovchi A.T. O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch raqamiga qo’ng’iroq qilib, "Navoiy shahargaz" gaz ta’minoti tomonidan asossiz ravishda 10 447 000 so’m qarzdorlik hisoblanganidan noroziligini bildirib, murojaat qoldirgan.

Murojaat shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan batafsil o’rganib chiqildi va gaz ta’minoti rahbariyatiga fuqoroning iste’molchi sifatida huquqlari tushuntirib o’tilgach, noreal hisoblangan 10 447 000 so’m qarzdorlik bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00