Telegram-bot Virtual qabulxona

28.02.2025

Iste'molchining qonuniy talabini bajarmaslik shartnoma bekor qilinishi bilan yakun topdi

Quva tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Tinchlik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi L.E.ning shartnoma qiymati 1 452 000 so‘m bo‘lgan, bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilingan oziq-ovqat pishirishga mo‘ljallangan idishlar to‘plamida nuqson aniqlangani va ularni sotuvchiga qaytarib shartnoma bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste'molchiga ko‘ra, u tumandagi "Garant" savdo do‘konidan "Kukmara" rusumli oziq-ovqat pishirishga mo‘ljallangan idishlar (qozon, tova) to‘plamini bo‘lib to‘lash shartlarida xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Idishlar xonadonga keltirilganida ulardan bittasida nuqson borligi aniqlangan. Sotuvchi esa iste'molchining nuqsonli tovarni almashtirish bo'yicha talabini bajarmagan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, agar sotuvchi iste'molchining tovarni almashtirib berish to‘g‘risidagi talabini bajarmagan bo‘lsa, iste'molchida shartnomani bekor qilish huquqi vujudga keladi. Quva tuman jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish davomida sotuvchiga qonunchilikning yuqoridagi va boshqa tegishli normalari talablari yuzasidan tushuntirishlar olib borishlari natijasida shartnoma bekor qilinib, idishlar to‘plami sotuvchiga qaytarilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00