
13.06.2023
Xatirchi tumani “Farovon” MFYda yashovchi fuqaro N.L. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro tumandagi “Imkon” savdo markazidan 7 000 000 so‘mga bolalar skuterini sotib olgan, lekin u nosoz chiqqan.
Jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilib, “Imkon” savdo markazi rahbariyatiga tegishli qonunchilik asoslari bo'yicha huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi. Natijada, savdo markazi ma’muriyati tomonidan fuqaroning 7 000 000 so‘mlik bolalar skuteri to‘liq ta’mirlanib, ehtiyot qismlari yangisiga almashtirib berildi.