Telegram-bot Virtual qabulxona

21.02.2023

33 million so'm mablag' va 5 million ma'naviy zarar iste'molchi foydasiga undirildi

Navoiy viloyati Xatirchi tumani "Kattasoy" MFYda yashovchi fuqaro Gʻ.I. Xatirchi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga turmush oʻrtogʻi T. Z. ning bankdan 33 000 000 soʻm kredit mablagʻini tumandagi “Yangirabod savdo provayder” MCHJga ko'chirtirib, mototransport vositasi xarid qilgani, ammo nosoz chiqqani sababli uni MCHJga qaytarib berib, 3 oydan buyon boshqa mototransport vositasini ololmay, sarson boʻlayotganini aytib, buzilayotgan huquqlarining himoya qilinishida amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Fuqaro murojaatini oʻrgangan jamiyat masʼul xodimlari “Yangirabod savdo provayder” MCHJ masʼullariga tegishli qonunchilik asoslari bo'yicha huquqiy tushuncha bersalar-da, hech qanday natija boʻlmadi.

Shundan soʻng, Xatirchi tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqaro T. Z. ning manfaatini koʻzlab daʼvogar sifatida Fuqarolik ishlari bo'yicha Xatirchi tuman sudiga da'vo arizasi kiritdi. Sud mahkamasi javobgar “Yangirabod savdo provayder” MCHJdan fuqaro T. Z. ga 33 000 000 soʻm mablagʻ hamda 5 000 000 soʻm maʼnaviy zararni undirish bo'yicha qaror qabul qildi.
Nihoyat, adolat qaror topdi va yana bir isteʼmolchi muammosi hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00