Telegram-bot Virtual qabulxona

18.10.2023

Jamiyat sa'y-harakati natijasida, yana bir sud buyrug‘i bekor qilinishiga erishildi

Farg‘ona shahar "Jo‘ydam" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.D. o‘z murojaatida yashash hududlaridan chiqindilarni olib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonadan qarzdorligi bo‘lmagani holda, ularning xonadoniga nisbatan 2 million so‘mga yaqin qarzdorlik va sud xarajatlari bilan bog‘liq boshqa to‘lovlarni bartaraf qilish lozimligi yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilgani, shu asosda oylik ish haqidan mablag‘ ushlab qolinayotganini bildirib, masalaga oydinlik kiritib berilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Sud qaroriga ko‘ra, fuqarodan "Qirguli kommunal servis" MChJ foydasiga 1 628 000 so‘m asosiy qarz, shuningdek, 16 500 so‘m pochta xarajatlari va 330 000 so‘m davlat boji, jami bo‘lib, 1 974 500 so‘m pul mablag‘i undirilishi belgilangan. Sud buyrug‘i Majburiy ijro byurosiga chiqarilib, uni ijro qilish harakatlari boshlangan, ya'ni mablag‘ni bo‘lib-bo‘lib fuqaroning oylik ish haqidan ushlab qolinishi chora-tadbirlari ko‘rilgan. Shuni ham e'tiborga olish kerakki, sud buyrug‘i chiqarilgan vaqtda fuqaroning qo‘lida yuqoridagi korxona xizmatlari uchun to‘lovlardan qarzdorligi yo‘qligi to‘g‘risidagi ma'lumotnoma ham bo‘lgan.

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari masalani o‘rganib chiqib, fuqaro nomidan sudga qonun talabidagi e'tiroznoma tayyorlab kiritganlaridan so‘ng, e'tiroznoma Farg‘ona tumanlararo sudida joriy yiling 9-oktabr kunida ko‘rib chiqildi. Natijada, sud 2-1501-2302/42627-sonli sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risida ajrim chiqardi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00