Telegram-bot Virtual qabulxona

07.02.2024

4 yarim million so'mlik nosoz televizor yangisiga almashtirildi

Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.J. 4 400 000 so‘m evaziga “Monex” televizorini xarid qilgan. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan, unda nosozlik kuzatilgan. So'ng, iste’molchi o‘z haq huquqlarini to‘liq anglagan holda, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qilgan.

Birlashma mas’ul xodimlari ishtirokida murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, iste’molchi xarid qilgan nosoz televizor yangisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00