Telegram-bot Virtual qabulxona

05.01.2024

AVTOMASHINA UCHUN TO'LANGAN PUL MABLAG'I QAYTARILDI

Navoiy shahar Narpay MFY  Donishmand ko’chasi  54-uyda yashovchi fuqoro  G.M O’zbekiston  isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining ishonch raqamiga  qilgan murojaatida   Navoiy shahrida joylashgan avtosalonlardan biriga Tracer-2 avtomashinasi  uchun tuzgan shartnomani bekor qilish va boshlangich to`lov summasini plastik kartasiga qaytarish bo`yicha ariza bilan murojaat qilgan bo’lsada, unga turli sabablarni ro’kach qilib puli qaytarilmayotganligidan norozilik bildirib ushbu masalada amaliy yordam so’ragan.

Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari ushbu masalada tashkilot masʼullari bilan bog’lanib, amaldagi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish tog’risidagi qonunchilik talablari, ularga koʼra sotuvchi (xizmat koʼrsatuvchi)ning majburiyatlari, isteʼmolchining huquqlari borasida muzokara o'tkazganlaridan so’ng, shahar jamiyatiga telefon orqali bog’langan isteʼmolchi uning 124 000 000 (bir yuz yigirma to’rt million) so’m pul mablag’i bank plastik kartasiga tushirib berilganligini maʼlum qilib, jamiyat xodimlariga o`z minnatdorchiligini bildirdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00