
16.04.2024
Joriy yilning 2-aprel sanasida Samarqand viloyati Samarqand shahri "Boʻstonsoy" koʻchasida yashovchi fuqaro B.M. Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Telegram boti orqali ariza yoʻllagan.
Murojaat mazmuniga koʻra, iste’molchi “Hopshop” onlayn savdo doʻkonining sayti orqali 3 million so'mga tikuv mashinasi xarid qilgan. Ammo mahsulot soz holatda emasligi, undan foydalana olmayotganligi bo'yicha noroziligini bildirgan.
Murojaat Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan oʻrganib chiqildi. Oʻrganishlar natijasida, murojaat toʻliq tartibda ijobiy hal etilib, “Hopshop” doʻkoni tomonidan iste’molchi sarflagan 3 000 000 soʻm to'liq qaytarib berildi.