
30.01.2025
Karmana tumanida yashovchi fuqaro L.A. 2024-yilning agvust oyida sotib olgan “SAMSUNG” markali changyutgichi kafolat muddati ichida nosoz holatga kelib qolgan. Bu haqida savdo markaziga murojaat qilgan iste'molchiga savdo markazining servis xizmatiga murojaat qilishi aytilgan. Biroq servis markazi tomonidan bepul xizmat ko‘rsatilmaganligi sababli, fuqaro federatsiyaning ishonch raqamiga murojaat qilib, yuzaga kelgan muammoga yechim topishda amaliy yordam so‘ragan.
Fuqaro murojaati Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari va savdo do‘koni xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganilishi jarayonida changyutgich servis markazi tomonidan to‘liq soz holatga keltirildi va muammo ijobiy hal etildi.