
13.09.2023
Dunyoning yetakchi davlatlari markaziy shaharlarida avtomobil tirbandliklari yuzaga kelib, motoroller hamda skuterlarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Kam yoqilg‘i sarf qiladigan, xo‘jalikda asqatadigan ushbu transport vositalari iste’molchilarga manzur, albatta. Ammo qator murojaatlar mavzusi ham aynan motorollerlarga taaluqli.
Gʻijduvon tumanida istiqomat qiluvchi Q.S. 33 000 000 so‘m imtiyozli kredit evaziga motoroller xarid qilgan. Ammo foydalanish chog‘ida uning nosoz ekani ma'lum bo'lgan. So'ng, fuqaro ta’minotchi bilan kelisha olmagach, Gʻijduvon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilib, tadbirkorga qonuniy tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida, nosoz motoroller yangisiga almashtirib berildi.