
07.02.2024
Quva tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Rasta" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi M.A.ning xonadoniga ichimlik suv ta'minoti korxonasi tomonidan hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib yozgan murojaati o‘rganib chiqildi.
O‘rganish ishlarida iste'molchi xonadoniga ichimlik suvi tarmog‘i o'tkazilgan bo‘lsa-da, tarmoq ichidan berkitilganligi, xonadonni ichimlik suvi bilan ta'minlash jarayoni to‘liq nihoyasiga yetkazilmaganligi kuzatildi.
Murojaatni o‘rganish davomida xonadonda istiqomat qiladigan olti jonning ichimlik suvi iste'moli uchun 578 550 so‘m o‘rniga 1 475 754 so‘m hisoblanganligi, buning natijasida esa 897 204 so‘m asossiz qarzdorlik yuzaga kelganligi, xonadonning real qarzdorligi 310 922 so‘mni tashkil qilishi qayd qilinib, yuzaga kelgan asossiz qarzdorlik holatini bartaraf qilish chora-tadbirlarining ko‘rilishi uchun ichimlik suv ta'minoti korxonasiga aloqa xati bilan tegishli ma'lumotlar kiritildi hamda fuqaroga real qarzdorlikni tez muddatlarda bartaraf etishi lozimligi tushuntirildi.