Telegram-bot Virtual qabulxona

18.01.2024

Iste'molchi muammosi bartaraf etildi

Uychi tuman A.Temur koʻchasi 60 xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro T.N. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan. 

Unda keltirilishicha, fuqaro Uychi tuman markazida joylashgan "Ishonch" kredit savdo doʻkonidan shartnoma asosida "Artel" rusumli muzlatgich va jurnal stolini xarid qilgan. Ammo mahsulotlar xaridorning yashash xonadoniga yetkazib berilganda muzlatgichning chap yon tomoni, jurnal stolining esa oʻng oyoq tomoni chizilib ketganligi tufayli, ularni qabul qilib olmasligi aytgan. Savdo doʻkoni xodimlari esa ertadan qolmay, almashtirib ketishlarini aytib mahsulotni fuqaro xonadonida qoldiradi. Oradan bir oy oʻtsa-da, mahsulot almashtirib berilmaydi,lekin murojaatchi plastik kartasidan pullarini yechib olishadi. 

Yuqorida aytib oʻtilgan holatlar yuzasidan ijro etuvchi apparati tomonidan oʻrganish ishlari olib borilib, iste'molchining sifatsiz muzlatgich va jurnal stoli yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00