Telegram-bot Virtual qabulxona

21.11.2024

Iste'molchi muammosi sud orqali hal qilinib, javobgardan salkam 104 million so'm penya undirildi

Fuqaro P.E. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga “IP OOO “TSC-HK-INVESTEMENT” dan to‘lagan pullarini undirishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.

Unga ko'ra, murojaatchi 2022-yil 29-dekabrdagi “Turar-joy binosini qurish uchun investisiya hissasi to‘g‘risida”gi XS15-401-sonli shartnomaga asosan, Toshket shahar, Yunusobod tumanida qurilayotgan ko'p qavatli uylardan 1 037 460 036,60 (bir milliard o‘ttiz yetti million to‘rt yuz oltmish ming o‘ttiz olti so‘m oltmish tiyin) so'mlik xonadon xarid qilgan va 635 887 000 (olti yuz o‘ttiz besh million sakkiz yuz sakson yetti ming) so‘m mablag‘ni pudratchi IP OOO “TSC-HK-INVESTEMENT” hisobraqamiga o‘tkazib bergan.

Shartnomaning 2.3 bandiga asosan, 2023-yil 31-dekabr kuni uyni o'z egasiga topshirish belgilangan bo‘lsa-da, 2024-yil 18-sentyabriga qadar uyni topshirish amalga oshirilmaganligi sababli, pudratchi hisobraqamiga o‘tkazib berilgan summani qaytarib olishda hamda har bir kechiktirilgan kun uchun shartnomaning 7.2 bandiga asosan, belgilangan tartibda penya undirishda amaliy yordam so‘ragan.

Ushbu murojaat federatsiya mas'ul xodimlari tomonidan o'rganilib, fuqarolik ishlari bo'yicha Yunusobod tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko'ra, iste'molchi sotib olgan xonadon topshirilib, javobgardan har bir kechiktirilgan kun uchun jami 103 746 000 so'm penya undirilib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00