Telegram-bot Virtual qabulxona

12.06.2023

Nosoz gaz plita puli iste'molchiga qaytarildi

Andijon viloyati Asaka tumani "Saydaobod" MFY da yashovchi fuqaro tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unga ko'ra, fuqaro "Uzum Market" orqali qiymati 1 900 000 so`mlik "Ferre" rusumli gaz plita sotib olgan. Ammo ushbu maishiy texnika vositasi nosoz chiqqan.

Ushbu holat bo'yicha jamiyat xodimlari tomonidan o`rganishlar olib borilib, "Uzum Market" rahbariyatiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, fuqaroning 1 million 900 ming so`m pul mablag`i qaytarilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00