Telegram-bot Virtual qabulxona

24.04.2024

Shartnomaga muvofiq, quyosh panellari iste'molchiga yetkazildi

Muborak tumani “Doʻstlik” mahallasida yashovchi fuqaro A.A. “Solar Devise” MChJ bilan shartnoma asosida yashash xonadoniga 97 million 500 ming soʻmlik quyosh panellari oʻrnatadi. Shartnomaga muvofiq, xonadonga jami 29 ta quyosh paneli oʻrnatilishi lozim edi. Biroq mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan panellar 2 dona kam yetkazib beriladi va oʻrnatib ketiladi. Shu sababli, ishlab chiqarilishi lozim boʻlgan elektr energiyasining quvvati shartnomada koʻrsatilganidan past boʻlib, undan foydalanishning imkoni boʻlmaydi. Qolaversa, koʻp oʻtmasdan, quyosh panellarining samarali ish faoliyatini ta'minlovchi dvigatel ham ishdan chiqadi.

Fuqaroning shu xususida qilgan murojaati Muborak tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganildi va amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik hamda shartnoma shartlariga muvofiq, kam oʻrnatib ketilgan quyosh panellari iste'molchiga yetkazilishi va dvigateldagi nosozliklar sotuvchi tomonidan bepul ta'mirlab berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00