Telegram-bot Virtual qabulxona

26.09.2023

Sifatsiz poyabzal puli iste'molchiga qaytarildi

Oyoq kiyim sanoati butun dunyo iqtisodiyotida ilg‘or sanaladi. Tarixiy faktorlarga tayanilsa, ushbu soha yuz minglab yillik tarixga ega. Charmning sifatiga qarab poyabzalning narxi ham oshib boraveradi. Ammo qimmat mahsulot doim ham sifatli bo'ladi, degani emas.

Buxoro shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan murojaatda ham aynan shu xususida so‘z boradi. Iste’molchi B.B. Buxoro shahrida joylashgan kiyim kechak do‘konidan 1 300 000 so‘m evaziga erkaklar poyabzalini xarid qilgan. Ammo shu kunning o‘zida nuqsonlari ko‘zga tashlangan. Savdo xodimi esa poyabzalni almashtirib berishdan bosh tortgan.

Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan iste’molchi qonuniy manfaatlarini himoya qilishda amaliy yordam so‘ragan. Shahar jamiyati xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilib, iste’molchining sifatsiz poyabzal uchun to‘lagan pul mablag'i to'liq qaytarib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00