Telegram-bot Virtual qabulxona

11.07.2024

Sotuvchi va iste'molchi o'rtasida tuzilgan 12 million so'mlik kredit shartnomasi bekor qilindi

Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Navbahor tumani "Kelati" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro SH.B.ning muddatli to'lov asosida 2 ta konditsioner uchun shartnoma tuzganligi, biroq ularning narxi qimmat bo‘lganligi va kridet foizining balandligi sababli, tuzilgan shartnomani bekor qilishda muammolarga duch kelayotganligi xususida qoldirgan murojaati o‘rganildi.

Iste'molchi shahardagi "Idea" savdo do'koni bilan shartnoma tuzgan. Ammo shartnoma shartlarida ko'rsatilgan narxlar va kredit foizlarining balandligi sababli, shartnomani bekor qilishlarini so‘raganida savdo do‘koni mutasaddilari uning e’tirozi noo‘rinligi va shartnomani bekor qilishning iloji yo‘q ekanligini ta’kidlab, fuqaro talabini qanoatlantirmagan.

Murojaatni o‘rgangan soha mutaxassislari tomonidan tadbirkorga iste’molchining qonuniy huquqlari tog‘risida batafsil tushunchalar berildi. Shundan so'ng, umumiy qiymati 12 million so’m bo'lgan kredit shartnomasi bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00