Telegram-bot Virtual qabulxona

08.02.2022

AVTOMOBIL UCHUN TOʻLANGAN MABLAGʻ ISTEʼMOLCHIGA QAYTARILISHIGA ERISHILDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumnida yashovchi fuqaro S.Eshboyev tomonidan murojaat kelib tushdi. Unda qayd etilishicha, isteʼmolchi 2021-yil 16-avgust kuni “UzAvtoPremium” MCHJga qarashli avtosalondan muddatli toʻlov evaziga Damas dlx avtomobilini sotib olish maqsadida shartnoma imzolaydi va boshlangʻich toʻlov uchun 27 mln. 399 ming 050 soʻm toʻlovni amalga oshiradi. Shartnomaga asosan mashina bir oy muddatda oʻz egasiga yetkazilishi belgilangan boʻlsada, oradan 5 oy vaqt oʻtsa hamki mashinadan darak boʻlmagan. Avtosalonga bir necha bor qilgan murojaati oʻzgarishsiz qolganini aytib oʻtgan.
Murojaat, Federatsiyaning Qarshi shahar jamiyati hodimlari tomonidan oʻrganilishi natijasida, akvtomobil uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi


Hurmatli isteʼmolchi, Agarda sizning huquqlaringiz buzilsa, 1091 ishonch telefoni va @PotrebitelUz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00