Telegram-bot Virtual qabulxona

31.05.2024

Sifatsiz yonilgʻi sabab transport vositasiga yetkazilgan salkam 5 million soʻmlik zarar undirib berildi

Toshkent shahri Chilоnzor tumanida yashovchi fuqaro I.M. oʻziga tegishli “Cobalt” rusumli avtomashinaga Qarshi tumani “Istiqlol” mahallasi hududida joylashgan yonilgʻi quyish shoxobchasidan benzin sotib oladi. Biroq u chamasi 1 kilometr harakatlanib, benzin sifatsizligi sababli transport vositasining dvigatel qismida nosozlik kuzatiladi. Bu haqiqatan ham avtobenzinning sifatsizligi sabab roʻy berdimi?

Fuqaroning Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi ishonch telefoni orqali shu haqda qilgan murojaati oʻrganildi. Murojaatni oʻrganish va benzinning sifati yuzasidan olib borilgan sinovlarda yonilgʻining amaldagi standartlarga javob bermasligi ma'lum boʻldi.   

Oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, “Cobalt” rusumli transport vositasiga yetkazilgan zararlar hisoblab chiqildi va iste'molchi foydasiga yonilgʻi quyish shoxobchasi hisobidan 4 million 975 ming soʻm undirib berilishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00