
19.04.2024
Namangan shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 16 ta fuqaro tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqarolar Namangan shahar “Agros Hayot” sugʻurta kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Shartnoma bo'yicha har oy murojaatchilarning oyliklari hisobidan o'tkazib kelingan sug'urta badal mablag'i yil yakunida toʻlab berilishi lozim boʻlgan, ammo jamg'arilgan 48 200 000 soʻm sug'urta badali 16 ta fuqaroga ham toʻlanmagan.
Jamiyat xodimlari tomonidan holat bo'yicha oʻrganish ishlari olib borilib, toʻlanishi lozim boʻlgan jami 48 200 000 so'm pul mablagʻlari toʻlaligicha isteʼmolchilar foydasiga undirib berildi.