
22.07.2024
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand shahar jamiyati da’vogar “A A YUSUPOV” MChJ manfaatini ko'zlab, Samarqand shahar iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan va “BYD CARS SAMARKAND” MChJga nisbatan avtomashinasining zaryad qurilmasini topshirish majburiyatini yuklash hamda 9 904 000 so‘m penya undirishni so‘ragan.
Sud qaroriga ko'ra, “BYD CARS SAMARKAND” MCHJ zimmasiga “BYD SONG CHEMPION” rusumli avtomashinaning 7 kv.zaryad qurilmasini topshirish majburiyati yuklandi. “A A YUSUPOV” MChJ foydasiga 3 798 794 so‘m penya va 34 000 so‘m pochta xarajatlari hamda Respublika byudjetiga 3 740 000 so‘m davlat boji undirildi.