Telegram-bot Virtual qabulxona

16.08.2023

Mobil telefon bilan bog`liq murojaat hal etildi

Mobil aloqa vositalari asosan xorijda ishlab chiqarilishi hisobiga ushbu texnika vositalarining import hajmi yurtimizda yuqori. Yurtimizda har bir mobil telefonni roʼyhatga olish, global xavfsizlikni taʼminlash maqsadida qator dasturlar ishlab chiqilgan. Import qilingan har mobil telefon isteʼmolchiga sotilishidan oldin UZMEI platformasidan roʼyxatdan oʼtkazilishi kerak.

 

Olot tumanida yashovchi fuqaro B.J tumandagi mobil texnika doʼkonidan 2.100.000 soʼm evaziga Redmi-S9 smartfonini xarid qilgan. Foydalanish jarayonida ushbu qurilma UZMEI roʼyxatidan oʼtmaganligini payqagan. Holat boʼyicha tadbirkorga bir necha marotaba murojaat qilishiga qaramasdan hech qanday natija boʼlmagan.

 

Soʼng isteʼmolchi Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoyaqilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali murojaat qoldirgan. Olot tuman jamiyati xodimlari saʼy harakatlari tufayli mobil telefon UZMEI platformasidan roʼyxatdan oʼtkazib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00