
10.08.2023
Muzrabot tumani “Chegarachi” MFYda yashovchi fuqaro D.M. Angor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamyatiga murojaat qiladi. Murojaatda fuqaro D.M. Angor tuman tijorat bozorida joylashgan maishiy texnika do’konlarining biridan “Artel” rusumli havo sovutgich sotib olish uchun 4.500.000 mablag’ sarflagan. Ammo do’kon xodimlari murojaatchiga sotuv mobaynida “Artel” ichki sovutgich qismini tashqi mator qismi esa “Grand” havo sovutgichini sotib yuborishgan. Fuqaro D.M tovarni uyiga olib borib o’rnatgan ammo havo sovutgich umuman ishlamagan.
Murojaatchi D.M tovarning tashqi va ichki qismlari boshqa-boshqa ekanligini sezib do’kon xodimlariga telefon orqali murojaat qilgan. Murojaatlar e`tiborsiz qoldirilgan. Ushbu holatda iste’molchi Angor Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga telefon orqali og’zaki murojaat qilgan. Jamiyat mutaxassislari ushbu vaziyatni o’rganishib do’kon ishchi xodimlariga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borishdi. Shundan so’ng do’kon xodimlari havo sovutgichning tashqi mator qismini almashtirib berishga rozi ekanliklarini bildirishdi. Havo sovutgich tashqi mator qismi almashtirilib murojaatchi uyiga o’rnatildi va konditsioner nuqsonlarsiz, sifatli, barqaror ravishda ishlamoqda.