Telegram-bot Virtual qabulxona

24.02.2024

2024 - yil 1 - maydan boshlab fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlarni faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-37-sonli farmonining 9-bandiga muvofiq 2024 yil 1 maydan boshlab fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yangi majburiy to‘lovlar va yig‘imlarni faqatgina qonunda belgilash amaliyoti kiritildi.

Agar, farmonda belgilangan mazkur tamoyilga amal qilinsa, mamlakatimizda majburiy markirovkalash, IMEI kodlarini majburiy to‘lov hisobiga ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bekor qilinishi zarur. Xuddi shunday, farmon tamoyillaridan kelib chiqib fikrlaydigan bo‘lsak, ayrim yig‘im va to‘lovlarning miqdorini ham qayta ko‘rib chiqish shart. Migratsiya xizmati tomonidan fuqarolarga ID karta va xorijga chiqish pasporti berishdagi to‘lovlarning miqdorini qayta ko‘rib chiqish yoki bekor qilish kerak. 

Xizmat uchun BHMning bir baravari (340 ming so‘m) miqdoridagi to‘lov undirilmoqda. Xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun BHMning uch baravari (1 million 20 ming so‘m) miqdorida yig‘im undirilmoqda. Bunday katta miqdoridagi to‘lovlarni kim va narx shakllanishining qanday mezonlari bilan hisoblagan, bizga nomaʼlum. Bunday oshirilgan to‘lovlar va yig‘imlarni ko‘plab sanash mumkin. 

Ushbu to‘lovlar va yig‘imlarning miqdori qonunda belgilanmagan, albatta. To‘lov undirayotganlar davlat tashkilotlari bo‘lsa, bunday qimmat tannarxdagi xizmatlar fuqarolar, ayniqsa qancha xarajat qilib xorijda o‘qib kelgan, hali ishga ham joylashmagan yoshlar uchun og‘irlik qilmaydimi? Yoki bu joylarga kimningdir cho‘ntak firmasi joylashib olganmi? Raqobat qo‘mitasi va boshqa vakolatli organlar bularni o‘rganib chiqishi, taklif kiritishi kerak.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00