Telegram-bot Virtual qabulxona

27.03.2023

Nosoz konditsioner puli iste'molchiga qaytarildi

Toshloq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari shu tumanlik F.M.ning xarid qilgan maishiy texnika tovarida kuzatilgan nuqson bo‘yicha murojaatini o‘rgandi.

Bildirilishicha, iste'molchi kredit savdo do‘konidan 2022-yilning noyabr oyi oxirlarida qiymati 9 mln 500 ming so‘mlik "AVALON ART-09XQ 9000 BTU" markali konditsionerni iste'mol krediti asosida, muddatli to'lov sharti bilan sotib olgan. Ammo uyga olib kelib o‘rnatilgan konditsioner ko‘ngildagidek ishlamagan. Hattoki, joriy yilning mart oyida radiator nosozligi tashxisi bilan servis xizmatlari ko‘rsatilishiga qaramay, vaziyat o‘nglanmagan. Shundan so'ng, iste'molchi sotuvchi bilan nuqsonli tovar pulini qaytarish masalasida kelisha olmayotgani bois, bu borada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.

Fuqaro murojaatini o‘rganish jarayonida sotuvchi bilan yuzaga kelgan holat bo‘yicha muzokaralar hamda qonunchilik targ‘iboti ishlari olib borilganidan so‘ng, sotuvchi tovarni qaytarib oldi va iste'molchining o‘tgan davr davomidagi to‘lovlaridan hosil bo‘lgan salkam bir million so‘m pul mablag'i qaytarilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00