
30.01.2024
Namangan shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro SH.P. va M.A. tomondan murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqarolar Namangan shahar “Agros Hayot” sugʻurta kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Shartnoma bo`yicha har oy murojaatchilarning oyliklari hisobidan o`tkazib kelingan sug`urta badal mablag'i yil yakunida toʻlab berilishi lozim boʻlgan, ammo jamg'arilgan 4 725 000 soʻm sug'urta badali 2 fuqaroga ham toʻlanmagan.
Jamiyat xodimlari tomonidan holat bo'yicha oʻrganish ishlari olib borilib, toʻlanishi lozim boʻlgan jami 9 450 000 so'm pul mablagʻlari toʻlaligicha isteʼmolchilar foydasiga undirib berildi.