Telegram-bot Virtual qabulxona

28.08.2023

Navoiy shahrida “Diqqat, piyoda!” shiori ostida jamoatchilik nazorati tadbiri tashkil etildi

O‘zbekiston iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati o’rtasida imzolangan o’zaro hamkorlik to’g’risidagi memorandumga asosan, Federatsiyaning Navoiy viloyat hududiy birlashmasi hamda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbirlar rejasi imzolangan edi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, tomonlar hamkorlikda yo‘l harakati ishtirokchilari bo‘lgan iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida jamoatchilik nazoratiga oid turli tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shunga asosan, bugungi hamkorlikdagi tadbir viloyat markazi Navoiy shahrida tashkil etildi.

Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda viloyati IIB YHXB tomonidan o‘tkazilayotgan "Diqqat, piyoda!"tadbiri davomida fuqarolar hayotiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan holatlar hamda yo'l transport hodisalarini oldini olish maqsadida harakat ishtirokchilari o‘rtasida targ‘ibotlar olib borilmoqda, avtomobil yo‘llarining, yo‘l harakati belgilarining holatlari o‘rganilmoqda. Shuningdek, aholiga transport xizmati ko‘rsatuvchi yo‘nalishsiz taksilarda iste'molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ham jamoatchilik e'tiboridan chetda qolmayapti.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00