25.06.2021
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. murojaatlarning koʻpchiligini noreal qarzdorlik va savdo-sotiq bilan bogʻliq holatlar aks etadi. Ana shundan murojaatlardan biri Namangan viloyati Toshloq tumanida yashovchi fuqaro N.Soliyev tomonidan kelgan boʻlib, unda isteʼmolchi “YATT A.Axmedov” ga qarashli savdo doʻkonidan 1 450 000 (bir million toʻrt yuz ellik ming) soʻm evaziga Redmi 8A rusumli uyali aloqa telefoni sotib olgani, biroz vaqt oʻtib esa mazkur apparatda nosozliklar yuzaga kelgani, sotuvchiga bir necha marobata telefonni yangisiga almashtirib berishi yoki pulini qaytarib berishini soʻrab murojaat qilgan boʻlsada hach qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Toshloq tuman jamiyati tomonidan oʻrganilishi natijasida telefon uchun toʻlangna pullar isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.
Shuningdek, Denov tumanida yashovchi fuqaro tomonidan kelgan murojaatda isteʼmolchi 2021-yil 21-may kuni turmush oʻrtogʻi va qizi Munisa ishtirokida “Amirxolding savdo” majmuasidan NOKIA 150 rusumli telefonni 4 50000 ming soʻmga sotib olgani, oradan biroz vaqt oʻtgach telefonni qizib ketayotganligi sababli fuqaro sotuvchiga telefonni boshqasiga almashtirib berish yoki pulini qaytarishini soʻraganligi, biroq, sotuvchi turli bahonalar orqali bundan bosh tortganini taʼkidlagan.
Mazkur murojaat Denov tuman jamiyati masʼullari tomonidan oʻrganilganda mazkur apparat tekshirilganda unda hech qanday nosozlik yoʻqligi aniqlandi, shundan soʻng isteʼmolchi xohishiga koʻra telofonga yangi quvvat moslamasi (batareya) quyib berildi.