Telegram-bot Virtual qabulxona

11.03.2025

6 million so'mlik nosoz televizor uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi

Qo'ng'irot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro shu tumanda joylashgan savdo markazidan 6 077 000 so'mga muddatli to'lov asosida televizor xarid qiladi. Ammo unda nosozliklar aniqlanadi. Televizordagi nosozlikni bartaraf etish muddati juda cho'zilib ketadi va boshqa televizorga ham almashtirib berilmaydi. Bundan norozi bo'lgan fuqaro savdo xodimlaridan shartnomani bekor qilishni talab qiladi. Mas'ullar esa iste'molchining talabini qanoatlantirmaydi. 

Iste'molchining murojaati Qo'ng'irot tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o'rganilishi natijasida, fuqaroning muddatli to'lov shartnomasi bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00