
08.01.2025
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani “Katta qurama” MFYda yashovchi fuqaro A.Y. tumanning Toʻraqoʻrgʻon koʻchasida joylashgan yakka tartibda faoliyat yurituvchi savdo shoxobchasidan 3 yil kafolat muddati bilan 6 350 000 so'mlik “AVANGARD” rusumli muzlatgich sotib olgan. Ammo kafolat muddati tugamasdan, uskuna mexanizmi yaxshi ishlamay qolgan. Shu tufayli, uni xarid qilgan savdo doʻkoniga tovarning nuqsonini bartaraf etish yoki boshqasiga almashtirib berishlarini soʻrab, bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsa-da, isteʼmolchi talabi qondirilmagan.
Ushbu holat yuzasidan fuqaro tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, amaliy yordam berilishini soʻragan. Toʻraqoʻrgʻon tuman ijro etuvchi apparati mutaxassisilari tomonidan murojaatni oʻrganish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq, sotuvchi va ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi va muzlatgich bepul taʼmirlab berilishi taʼminlandi.