Telegram-bot Virtual qabulxona

12.07.2023

4 yarim million so'mlik nosoz maishiy texnika vositalari sifatlisiga almashtirildi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani "Mirmiron" mahallasida yashovchi fuqaro M.X. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan. 

Unga ko'ra, fuqaro Qarshi shahridagi buyum bozori hududida joylashgan “Аvangard” savdo doʼkonidan 11 million 600 ming soʼmlik besh turdagi maishiy texnika vositalarini xarid qilgan. Biroq sotib olingan maishiy texnikalardan 3 million 200 ming soʼmlik televizor va 1 million 150 ming soʼmlik changyutgich nosoz chiqqan.

Murojaat bo'yicha o'rganish ishlari o'tkazilib, sotuvchiga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikka muvofiq, kafolatlangan kafillik majburiyatlari tushuntirildi. Natijada, nosoz maishiy texnika vositalari shu rusumdagi boshqa yangisiga almashtirib berilishi taʼminlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00