Telegram-bot Virtual qabulxona

16.10.2024

Avtomashinada kafolat muddati davrida yuzaga kelgan nosozliklar bepul bartaraf etildi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Andijon shahar jamiyatiga kelib tushayotgan murojaatlar jamiyat mutaxassislari tomonidan ijobiy hal etilib kelinmoqda. 

Jumladan, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani "Shifokorlar" ko‘chasi 119-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro X.Qoraboyev Andijon shahridagi "AvtoTex Xizmat" MCHJ ga qarashli avtosalondan umumiy qiymati 147 916 000 so‘m bo‘lgan "Cobalt" rusumli avtomashina sotib olgan. Ammo kafolat muddati ichida avtomobilning yon tomon eshik qismi hamda oldi harakatlanuvchi qismlarida nosozliklar paydo bo‘lganligi sababli fuqaro jamiyatga murojaat etgan.  

Jamiyat mutaxassislari aralashuvi bilan avtosalon hisobidan avtomashinadagi kamchiliklar bepul bartaraf etilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00