Telegram-bot Virtual qabulxona

03.07.2023

7 yarim million so'mlik nosoz noutbuk sifatlisiga almashtirildi

Xorazm viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasiga Urganch shahar Al-Xorazmiy mahallasida yashovchi fuqaro M.A. og'zaki murojaat yoʻllagan.

Unga ko'ra, fuqaro Urganch shahridagi savdo do'konlarining biridan 7 500 000 so'mga "ASUS" rusumli noutbuk sotib olgan, ammo u nosoz chiqqan. Do'kon sotuvchisi esa nuqsonli tovarni almashtirib berishdan bosh tortgan.

Murojaat hududiy birlashma mutaxassislari tomonidan o'rganilib, "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunning tegishli moddalari asosida murojaatchining huquqlari himoya qilindi va 7 500 000 so'mlik noutbuk yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00