
25.03.2025
Boysun tumani “Gaza” mahallasida yashovchi fuqaro Q.S. tumandagi “Istiqlol” ko‘chasida joylashgan savdo do‘konidan qiymati 4 700 000 so‘m bo‘lgan "RedMi" rusumli telefon xarid qiladi. Ammo ko'p vaqt o'tmasdan, telefonning nuqsoni borligi uchun do'kon xodimlaridan mobil aloqa vositasi uchun to‘lagan pulini qaytarib berishlarini talab qiladi. Do‘kon xodimlari esa turli xil bahonalar bilan iste'molchi talabini qanoatlantirmaydi.
Ushbu holatni tuman jamiyati mutaxassislari o‘rganib chiqib tomonlarga amaldagi qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi. Natijada, telefon uchun to‘langan 4 700 000 so‘m pul mablag‘i iste’molchiga qaytarildi.