
18.08.2023
Chust tuman “Toymasobod-1” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro D.O. foydalangan tabiiy gaz uchun oʻz vaqtida toʻlov amalga oshirib yurgan boʻlsada «Chust tumangaz» filiali tomonidan fuqaroga 1.371.914 soʻm miqdorda qarzdorlik belgilanadi. Fuqaro shundan so`ng tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga holat yuzasidan murojaat qiladi.
Jamiyat mutaxassislari vaziyatni qonun doirasida oʻrganish maqsadida tumangaz filiali mutaxassislari hamkorligida, isteʼmolchining gaz hisoblagichidagi sarflangan raqami hamda toʻlov summasini hisoblangan holda, isteʼmolchi qarzdorligini kompyuter «Billing» dasturiga tuzatish kiritish yoʻl bilan isteʼmolchidan noreal qarzdorlik olib tashlandi