08.09.2023
Hozirgi kunda hayotimizni internetsiz tassavur qilishning iloji yo‘q. Xo‘sh, internetning sifati, uzluksiz ishlashi va to‘lovlari bilan shug‘ullanadigan korxonalarning ishlash tizimi ne chog‘lik talablarga javob bera oladi? Zarafshon shahar 12-kichik tumanda yashovchi fuqaro D.H. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga xuddi shunday mazmundagi murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Zarafshon shahrida joylashgan "Turon Telecom" MChJning to‘lovlarni qabul qilib olish shaxobchasida iyul hamda avgust oylari uchun to‘lovni amalga oshirgan. Ammo ushbu korxona ishchi xodimlari tomonidan faqatgina iyul oyi uchun to‘lov qilingan.
Murojaat jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi hamda ushbu MChJ ishchi xodimlari hamda rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuning tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi. Natijada, fuqaroning internet xizmati nafaqat avgust oyi uchun, balki sentyabr oyi uchun ham to‘liq ishchi holatga keltirildi.