
29.02.2024
Termiz shahar Ohunboboyev ko’chasida yashovchi fuqoro E.Sh. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro 2023-yil 19-dekabr kuni Angor tuman Tijorat bozori hududidagi 225-do’kondan 7 800 000 so’m evaziga “LG” rusumli kir yuvish mashinasini xarid qilgan. Xonadoniga o’rnatish jarayonida esa uning bir taraf oyoq qismi majaqlangani ma'lum bo'lgan. So'ng, fuqaro do'kon xodimlaridan nuqsonli tovarni almashtirib berishlarini so’ragan, ammo hech qanday natija bo'lmagan.
Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari savdo do’koni ma'muriyatiga tegishli tartibda tushuntirish ishlarini olib borishdi. Shundan so’ng, iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, yangi sifatli “LG” rusumli kir yuvish mashinasi taqdim etildi.