Telegram-bot Virtual qabulxona

20.06.2024

8 million so'mlik nosoz muzlatkich yangisiga almashtirildi

Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumani "Nezaxas" mahallasida yashovchi iste'molchi J. X. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushdi.

Unda bayon etilishicha, fuqaro 2024-yil 20-may kuni Qo'shko'pir tumanidagi maishiy texnika savdo do'konlarining biridan "LG" rusumidagi muzlatkichni 3 yillik kafolat muddati bilan 8 000 000 so'mga xarid qilgan. Ammo uning nuqsoni borligi sababli, do'kon xodimlariga bir necha bor murojaat qilgan bo'lsa-da, hech qanday ijobiy natijaga erisha olmagan.

Holat bo'yicha Qo'shko'pir tuman jamiyati tomonidan o'rganish ishlari olib borildi va  maishiy texnika savdo do'koni xodimlariga O'zbekiston Respublikasi "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunining tegishli moddalari tushuntirildi. Natijada, "LG" rusumidagi muzlatkich yangisiga almashtirilib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00