Telegram-bot Virtual qabulxona

06.09.2023

Savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida monitoring o'tkazildi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan aholini sifatli iste'mol tovarlari bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususan, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste'molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi holatlariga chek qo‘yishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida joylardagi bozorlar, savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida jamoatchilik nazorati tartibida monitoring ishlari o‘tkazib borilmoqda.

O'rganish ishlari natijalariga ko'ra, quyidagilar ma'lum bo'ldi: 

 

ANDIJON VILOYATI

Asaka dehqon bozori MChJ rahbari Soliyev Shuxratbek va uning yordamchi xodimlari Asaka dehqon bozori hududidagi oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, sut va sut mahsulotlari, dukkakli o‘simlik mahsulotlarini sotish uchun ajratilgan rastalarda, tadbirkor va fuqarolar tomonidan, tuxum, sut va sut mahsulotlari, ziravorlar, guruch, pista, bodom, no‘xot, kalla go‘shti va turli salat mahsulotlari sotilayotgan rastalarni biriktirilgan bozor ma’sul xodimlari nazoratga olmasdan kelayotganliklari, ularning faoliyat olib borayotgan joylari hech qanday sanitariya talablariga javob bermasligi, tibbiy ko‘rikdan o‘tganligini tasdiqlovchi kitobchalar esa mavjud emasligi, ba’zi sotuvchilar tibbiy kitobcha haqida tasavvurga ham ega emasligi aniqlandi.

Asaka dehqon bozori hududi va yon tomonlarida faoliyat olib borayotgan oziq-ovqat savdo do‘konlari o‘rganilganida, ulardan jami 20 ta savdo do‘konlarida yaroqlilik muddatlari o‘tib ketgan, sifatsiz va kontrafakt, iste’molga yaroqsiz oziq-ovqat va tamaki mahsulotlari mavjudligi aniqlanib, ushbu tovarlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli davlat organlari tomonidan yo‘q qilinishi (buning imkoni bo‘lmagan taqdirda, monitoring o‘tkazilayotgan subyektning moddiy javobgarligi asosida dalolatnoma tuzgan holda vaqtincha saqlovga topshirish va keyinchalik belgilangan tartibda yo‘q qilinishi) choralari ko‘rilishi belgilanib, Asaka tumani SEO va JSX bo‘limida tezkor komissiya tuzilgan holda, tegishli tartibda yo‘q qilindi.

 

BUXORO VILOYATI

Qorako‘l tuman Dehqon bozorda joylashgan YATT Ochilova Shahzodaga qarashli oziq-ovqat mahsulotlari yerda va rastada ochiq holatda, sanitariya-gigiyena talablariga zid ravishda sotilayotgani aniqlandi. Shuningdek, tovuq mahsulotlari ham yaroqsiz holatda sotilmoqda. Sotilayotgan mahsulotlarning muvofiqlik sertifikati mavjud emas.
 

O'rganilgan barcha savdo do‘konlarida O‘zbekiston Respublikasining “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g`risida”gi qonunining 5-moddasi talablariga rioya etilmagan, ya’ni savdo do‘konlarida iste’molchilarga ko‘rinarli joyda xo‘jalik yurituvchi subyekt haqidagi ma’lumotlar peshlavhasi o‘rnatilmagan.

 

QASHQADARYO VILOYATI

Kasbi tumanidagi 9 ta chakana savdo subyektida va 2 ta milliy pishiriqlar ishlab chiqarish sexi va sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonasida o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati monitoring natijasida jami 82 turdagi 6363000 (olti million uch yuz oltmish uch ming) so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati o‘tgan holda sotuvda mavjudligi, 1 ta sut mahsulotlarini qayta ishlash sexida 3.2 foizli 150 dona har birining sotish narxi 5000 so‘mdan bo‘lgan jami 1500000 so‘mlik kefir mahsulotida ishlab chiqarish sanasi ko‘rsatilmaganligi, Kasbi tuman dehqon bozori ichida joylashgan milliy pishiriqlar sexida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkor tomonidan umuman sanitariya talablariga zid ravishda mahsulot tayyorlanayotganligi holatlari aniqlandi.

 

NAVOIY VILOYATI

Alisher Navoiy nomidagi masjid atrofida joylashgan “Navoiy Yorug‘ tong” XKga qarashli oshxonada mutlaqo sanitariya talablariga rioya etilmagan holda aholiga xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu yerda mavjud bo‘lgan muzlatgichda mol go‘shti va tovuq go‘shtlari sanitariya-gigiyena talablariga zid holatda - birga saqlab kelinmoqda, yana bir muzlatgichida pishgan taom - shashlik, salat va suzma mahsulotlari bilan birga saqlanayotganligi kuzatildi. Shashlik pishirish joyi avtomashina va odamlar serqatnov bo‘lgan yo‘l bo‘yida joylashgan, pishirilayotgan mahsulot usti ochiq holda saqlanmoqda, shuningdek, yo‘l va mashinalar changidan himoyalanmagan holatda. Oshpaz maxsus kiyimda ega emas, o‘rganishlar vaqtida oshpazning sigareta chekib taom tayyorlayotganligi kuzatildi. Ushbu oshxonada mijozlar uchun xojatxona ham tashkil etilmagan.

 

XORAZM VILOYATI

Yangibozor tumani, Qadriyat MFYda joylashgan “Zilola-Shohruh” oilaviy korlionasiga qarashli savdo do‘konida o‘rganish jarayonida “Sladkiy den keks” nomli shirinlik 1 kg lik qadoqlangan idishida yaroqlilik muddati aks etmaganligi, 1 litrlik idishda qatiq mahsuloti ishlab chiqarilgan vaqtdan 36 soat iste’molga yaroqliligi belgilangan bo ‘lsa-da, ammo ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagani kuzatildi.

“Ravshanbekov Hurmatbek” oilaviy korxonasiga qarashli savdo do‘konida o‘rganish jarayonida “90%li uksus" qo‘lbola qadoqlangan idishda, kim tomonidan ishlab chiqarilganligi hamda yaroqlilik muddati aks etmaganligi kuzatildi.

 

FARG‘ONA VILOYATI

Qo'qon shahri hududidagi 25 ta savdo do‘konlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 11 ta holatda amaldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasi oltinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan qonunbuzilish holatlari qayd etildi. Xususan, 9 ta holatda aholiga realizatsiya qilinayotgan, umumiy qiymati 1650000 so‘m bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining, aksariyat hollarda, yaroqlilik (saqlash) muddat ko‘rsatilgan bo‘lsada, uni ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan holda sotish uchun qabul qilib olinib, aholiga realizatsiya qilinayotganligi, 2 ta holatda savdoda, umumiy qiymati 116850 so‘m bo‘lgan, yaroqlilik (saqlash) muddatlari o‘tib ketgan mahsulotlarning mavjudligi kuzatildi. Qayd etilgan holatlar bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun 17-moddasi tartibida ushbu oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish (uni qayta ishlash) yoki uni yo‘q qilib tashlanishi bo‘yicha ishlarni to‘g‘ri tashkillanishini nazoratga olish yuzasidan tadbirkorlarga tushuntirish berildi va ogohlantirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00