
06.03.2025
Norin tumanida yashovchi fuqaro M.O. tumandagi savdo doʻkonlarining biridan 7 million 500 ming soʻmga “Samsung” rusumli uyali aloqa vositasi sotib oladi. Ammo ushbu telefon apparatida nosozliklar kuzatililadi. Sotuvchi esa amaldagi qonunchilik talablarini tan olmaydi va nuqsonli mahsulotni qaytarib olishni rad etadi.
Mazkur murojaat tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganilganda, sotuvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga zid tarzda sotilgan mahsulot uchun kafillik majburiyatlari belgilanmaganligi aniqlandi. Oʻrganish jarayonida mazkur qonun talablari tushuntirilib, nuqsonli mahsulotni sotib olish uchun toʻlangan pul mablagʻi toʻliq iste'molchiga qaytarilishi ta'minlandi