Telegram-bot Virtual qabulxona

14.08.2024

Iste'molchi plastik kartasidan ortiqcha yechib olingan mablag' qaytarildi

Toshloq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Farg‘ona shahrida yashovchi N.I.ning shartnoma asosida 6 000 000 so‘mlik maishiy texnika buyumlarini sotib olganligi, to‘lovlarni to‘liq to‘lab bo‘lgan bo‘lsa-da, ish haqi plastik kartasidan ortiqcha pul mablag‘i yechib olingani to‘g‘risidagi arizasi o‘rganildi. 

Iste'molchi murojaatida tumanda faoliyat olib borayotgan “VODIY SAVDO-KREDIT PLYUS”  MChJ savdo do‘konidan shartnoma asosida qiymatini bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olingan maishiy texnika buyumlari to‘lovlarini to‘liq to‘lab bo‘lganligini, lekin shunday bo‘lsa-da joriy yilning iyul oyida ish haqi plastik kartasidan ortiqcha 989 000 so‘m pul mablag‘i yechib olinganligini ma'lum qilib, ushbu mablag‘ni qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi. 

Murojaat savdo do‘koni mas'ullari bilan o‘rganilishi jarayonida iste'molchi haqiqatan ham to‘lovlarni to‘liq to‘laganligi, undan ortiqcha pul mablag‘i yechib olinganligi tasdig‘ini topdi. O‘rganish ishlari davomida mazkur pul mablag‘i to‘lig‘icha iste'molchiga qaytarilib, sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda qonunchilik talablariga amal qilish yuzasidan ogohlantirildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00