Telegram-bot Virtual qabulxona

08.02.2023

Tadbirkor nayrangi ish bermadi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasiga Buxoro shahrida yashovchi fuqaro Z.B. tomonidan murojaat kelib tushdi.
 
Ma'lum bo'lishicha, isteʼmolchi Z.B. Buxoro shahridagi Sh.M.ga tegishli savdo doʻkonidan 590 AQSh dollariga XIAOMI-12 T Rro rusumli telefon xarid qilgan, ammo koʻp oʻtmay mobil telefon nuqsonlari maʼlum boʻlgan. Soʻng, xaridor boshqa telefonga almashtirish yoki toʻlangan mablagʻni qaytarib olish maqsadida doʻkon sotuvchisiga murojaat qilgan. Doʻkon sotuvchilari esa isteʼmolchiga nisbatan qoʻpol muomalada boʻlib, rad javobini bergan.
 
Murojaat Buxoro shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan oʻrganildi va nuqsonli mobil telefon tadbirkorga qaytarilib, isteʼmolchi Z.B.ga 6 667 000 soʻm (590 dollar) toʻlangan mablagʻi undirib berildi.

Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00